Qo`mita yangiliklari

2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimizda birinchi marta qo‘yilgan tashxis bilan qayd qilingan qon aylanish tizimi kasallanishlar soni 1181,8 ming holatni  tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Samarqand viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 10 708,0 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,0 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ta davlatga qiymati 33,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 135,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Respublikamizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 592 371 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 93 141 tani tashkil qildi (ulushi 15,7 %).

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 174,1 ming dona maishiy sovutgichlar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning dekabr oyida paxta yog‘i narxlari noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan.

2021/2022- o‘quv yilida mamlakatimizda qozoq tilida ta’lim olib borilayotgan umumta’lim muassasalar soni 144 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2018/2019- o‘quv yiliga nisbatan 9 taga kamaygan.

2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 81 911 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022-yil davomida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

Toshkent viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 11799,3 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,2 % ini tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha jami amalga oshirilgan ishlardan yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 28,6 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 4,2 % kamaydi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan shahrida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar  931,2  mlrd. so‘mni yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 24,8 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,8 % ga o‘sdi.

Statistik ma’lumotlar jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflash va boshqarishning eng muhim vositasidir. Hozirda yuqori sifatli statistik ma’lumotlardan foydalanmasdan davlat siyosatida to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonsiz

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatining aholi jon boshiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi joriy narxlarda 7 389,8 ming soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati -101,8 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami 46 971 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, ular o‘tgan yilning mos davriga (43695ta) nisbatan 3 276 taga ko‘paygan.

Sirdaryo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2714,4 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 92,1 % ni tashkil qildi.