Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning noyabr oyida Qozogʻistondan 77145 nafar erkak va 87515 ayol turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,9 %ni tashkil etadi.

Yangi yil arafasida, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi sohada xizmat ko’rsatgan xodimlar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 17,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,1 ming tonna anor eksport qilgan.

Joriy yilning 23- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Jurayev va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik xujjatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnayevning yaqinda Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida “Biz vazifamizni bajaramiz va kelajakka intilamiz 2022: qochqinlar, vaqtincha yashovchilar va fuqaroligi bo‘lmaganlar statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi (EGRISS)” mavzusida tashkil etilgan xalqaro yig‘ilish natijalariga bag‘ishlangan taqdimoti o‘tkazildi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 49,7 % ni, sanoat – 14,0 % ni, qurilish – 6,1 % ni va xizmatlar sohasi – 30,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Samarqand viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 228,8 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 109,4 %), 1 013,2 ming tonna sut (100,4 %), 1 062,2 mln. dona tuxum – (109,5 %), yetishtirildi va 5 565 t. baliq (92,4 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 660,3 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni oʻzaro taqqoslanganda-uchinchi oʻrinni oilaviy korxonalar egallagan.

Xalqaro yoʻnalishda qatnovchi havo transporti uchun chipta narxlari noyabr oyida 2021-yilning dekabriga nisbatan 0,3 % ga arzonlashgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida xususan, Sirdaryo viloyati - 2 569,7 mlrd. so‘m, Jizzax viloyati  - 3 090,3 mlrd. so‘m va Xorazm viloyatida - 4 220,5 mlrd. so‘m qurilish ishlarining  past hajmlari qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Surxondaryo viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 76,8 % ni, yoki 6 528,3  mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 98,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimizda birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan yuqori qon bosimi bilan kechadigan kasallanishlar soni 457,0 ming holatni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,0 %ni tashkil etadi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,1 ming tonna kivi import qilingan.

2022- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 42,9 ming km.ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 43,1 % ni, sanoat – 18,0 % ni, qurilish – 8,5 % ni va xizmatlar sohasi – 30,4 % ni tashkil etdi.