Qo`mita yangiliklari

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 237 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 908 taga ko‘paygan.

Tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur‘ati  126,7 % ga o‘sib, Yashnobod tumanida kuzatildi.

2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,7 mingtani tashkil etib, ulardan 13,2 mingtasi faoliyat yuritmoqda. 

Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 27,4 % ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2020- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi 5167,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi

2021- yilning 1- oktabr holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 305 tani tashkil etgan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 475 349 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 96 278 tani (ulushi 20,3 foiz) tashkil qildi.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,1 % ni tashkil etdi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,1 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko‘paydi.

Joriy yilning yanvar- sentabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 79,3 mingtani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 7 545 taga oshdi va oʻsish surʼati 110,5 foizni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 16 640,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,6 % ga o‘sdi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda 206,7 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida kartoshka narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 7,8 % ga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida sabzining narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 8 % ga arzonlashgan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020- yilga nisbatan 14,5 % ga ko‘p.