Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 520 337 tani tashkil etgan.

2021- yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 64,9 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 25,4 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 90 638 tani tashkil etgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 21,6 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra jami 20 ta maxsus iqtisodiy zona (keyingi o‘rinlarda – MIZ), 98 ta kichik sanoat zonasi (keyingi o‘rinlarda –KSZ), 11 ta texnopark hamda 427 ta klasterlar (keyingi o‘rinlarda – klaster)mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZlarda 529 tani,KSZlarida – 1846 tani, texnoparklarda – 74 tani va klasterlarda – 431 tani tashkil etdi.

 2021- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, qurilish korxonalari soni 2020- yilning mos davri bilan solishtirilganda 113,0 foizga o‘sgan.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,0 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida metropolitenda 47,0 mln. yo‘lovchi tashilgan.

  O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilda oliy ta’lim tashkilotlarini jami 83,9 ming nafar talaba tamomlagan.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 5,5 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 117,3 % ni tashkil etdi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida  20 ta xorijiy davlatdan qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 15,3 ming tonna choy import qilgan.

  2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida YaHM hajmi 55 890,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 119,0 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 944 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 047 ta va xorijiy korxonalar 6 897 tani tashkil etmoqda.

Transport sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining sezilarli darajada pasayishiga qaramay, xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi ustun bo‘lib qolmoqda (23,6 %).

 Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.