Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 12- sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Tajriba tariqasida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning muhokamasi” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 114,7 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 156 mln AQSH dollariga 10 542 ta elektromobil import qilgan.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida, Oʻzbekistonda jami fuqarolik obyektlarini qurish boʻyicha qurilish ishlari 21,1 % ulushni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 70,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligidagi hajmi 164 567,6  mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida respublikada savdo xizmatlari hajmi 59,7 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, yashash va ovqatlanish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 5 098,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2 288 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 27,6 ming tonna uzum yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 7,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 23,6 ming tonna olma eksport qilgan.

Joriy yilning 11- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat huquqi qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 17,4  ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida, Oʻzbekistonda jami bino va inshootlarni qurish boʻyicha qurilish ishlari 68,7 % ulushni tashkil etgan.

2024- yilning 10- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Iqtisodiy faoliyatning yuqori chastotali koʻrsatkichlari – choraklik milliy hisoblar” mavzusida tashkil etilgan oʻquv kursi natijalari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻquv kursi joriy yilning 19–30- avgust kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) hamda Birlashgan Vena instituti  tomonidan tashkil etilgan.

2024- yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol o‘rta tibbiyot xodimlari soni 353 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 103 691 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning 10- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 2–5- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Ittifoqi va Latviya Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Latviya Respublikasi va uning muassasalarida ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda ma’lumotlardan foydalanish” boʻyicha ishchi guruhi tashrifi natijalariga oid taqdimot oʻtkazildi.