Qo`mita yangiliklari

2024- yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol o‘rta tibbiyot xodimlari soni 353 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 103 691 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning 10- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 2–5- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Ittifoqi va Latviya Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Latviya Respublikasi va uning muassasalarida ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda ma’lumotlardan foydalanish” boʻyicha ishchi guruhi tashrifi natijalariga oid taqdimot oʻtkazildi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 526,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy iqtisodiyotida 323 290,9 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

Respublikada 2024- yilning 1- avgust holatiga 43 293 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning 10- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 3–6- sentabr kunlari Yaponiyanning Chiba shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5- va 16- maqsadlari, gender nuqtai nazaridan jinoyatchilik statistikasi” bo‘yicha mintaqaviy oʻquv seminariga oid taqdimot o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 240,4 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 892 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 32,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46,9 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 123 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga ketgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 126,8  trln soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning 1- yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 205 308,1 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 198 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.