Qo`mita yangiliklari

2023- yil yakunlariga koʻra, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 24,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 18–20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Ekologik-iqtisodiy hisob tizimini joriy etish bo‘yicha to‘qqizinchi seminar bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 8 214,2 ming juft paypoqlar  ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 52,3 % ga oshgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 9 980,8 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 106,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2023/2024- o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020 - o‘quv yili boshiga nisbatan 61,1 ming nafarga ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  tomonidan Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filialida davra suhbati tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida shahar joylarda respublika boʻyicha 16 310 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2024-yil 21-martdagi 58-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi Umid Madaminovning “Dunyoqarashimizni oʻzgartirayotgan manzilli maqsadlar” nomli maqolasi chop etildi.

Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2023-yil IV choragida kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning yaqin uch oydagi oʻzgarishlar istiqboli boʻyicha iqtisodiy vaziyatini yaxshilangan deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng koʻp ulushi qurilishda – 51,3 % ni, savdoda – 50,2 % ni va sanoatda – 49,8 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, qishloq joylarida yashovchilardan jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 61,9 % ni tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar oyida avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va motosikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 409,8 mlrd. soʻmga yetdi.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, san‘at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 3 821 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 321,8 tonna yotoqxona uchun choyshablar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.