Qo`mita yangiliklari

2021/2022-o‘quv yilida mamlakatimizda qozoq tilida ta’lim olib borilayotgan umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 53,6 ming nafani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2018/2019- o‘quv yiliga nisbatan 1,5 ming nafarga kamaygan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 858,3 ming dona avtomobillar uchun o‘rindiqlar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-noyabrda jami 4,8 mln. nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2022-yilning dekabr oyida respublika boʻyicha 3 992 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Kartoshka 2022-yilning dekabr oyida 2021-yilning dekabriga nisbatan 7,2 % ga arzon boʻldi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 15 801 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Farg‘ona viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9003,7 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,0 % ini tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan past hajmi Jizzax viloyati  147,9 mlrd. so‘m, Andijon viloyati  233,0 mlrd. so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 352,6 mlrd. so‘m, Xorazm viloyati 421,0 mlrd. so‘mni qayd etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,6 marta ko‘payib, 1,0 trln. soʻmni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 68,5 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 9 542,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 1,6 % ga o‘sdi.

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 13 382,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,4 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha jami amalga oshirilgan ishlardan kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 71,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida respublika budjetidan moliyalashtiriladigan infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 124,8 % ni yoki 0,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari boyicha taqsimlanishi

Respublikamizda joriy yilning 2023- yilning 1- yanvar holatiga jami 59 110 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 369,0 ming tonna yarim dudlangan va dudlangan kolbasalar ishlab chiqarilgan.