Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 26–28-sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati – Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 454,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 %ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 60 682 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.

2022-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar hajmi 77,7 trln. soʻmni tashkil etgan. Bu esa 2021-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlarni 19,8 trln. soʻmga oshganini koʻrsatdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida 4,6 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida jami 4,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 5 ta muzey, 1 ta teatr, 2 ta konsert tashkiloti, 3 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 82 ta madaniyat markazi, 4 ta kinoteatr va 828 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning avgust oyida FHDYO organlari tomonidan Samarqand viloyati boʻyicha 11 626 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 60,1 %ni tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 15 169,5 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,7 %ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi. Ularning ulushi 57,2 %ni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 36 242,5 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish sur’ati 4,6 %ni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 394,4 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Respublikamizda 2023-yil 1-sentabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida, faoliyat turlari boʻyicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi 14,7 trln. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida 2,2 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida Navoiy viloyatida jami 4,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 17 ta muzey, 5 ta teatr, 5 ta konsert tashkiloti, 1 ta hayvonot bog‘i, 8 ta madaniyat va istirohat bog‘i, 75 ta madaniyat markazi, 3 ta kinoteatr va 376 ta madaniy meros obyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.