Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qoʻmitasi UNICEF bilan hamkorlikda oʻtkazgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga koʻra, uy xoʻjaliklarining 81 %ida 17 yoshgacha, 42 % ida 5 yoshgacha boʻlgan kamida bitta bola istiqomat qiladi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,3 ming tonna limon eksport qilgan.

AKT sektori xizmatlari umumiy hajmida eng katta hajmni telekommunikatsiya xizmatlari – 67,4 %, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari va boshqa yordamchi xizmatlar – 18,7 %, shuningdek, maʼlumotlarga ishlov berish, joylashtirish bo‘yicha xizmatlar va o‘zaro bog‘liq xizmatlar, veb-portallar - 5,8 % ni egallaydi.

Toshkent  shahrida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 31,9% ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida norasmiy sektorning ulushi 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 1,1 % punktga ka‘mayib, 26,3 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 35 920 ta, jami korxona va tashkilotlar ulushining 6,2 foizini (soni 581 046 ta) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha jami 10 264,5 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022-yil yanvar-oktabr oylarida jami 4400,5 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 233 559 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, shundan 1900 ta nikoh xorijiy davlatlar fuqarolari bilan qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 58,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:

2022- yilning noyabr oyida iste’mol bozoridagi narxlarning o‘rtacha darajasi 1,3 % ga oshdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrida 10 018,3 mlrd. so‘m darajasida qayd etildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 12 812,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga ko‘paydi.

Oziq-ovqat mahsulotlari importi tarkibi (2022-yil yanvar-oktabr oylarida)

2022- yilning 29- noyabr – 1- dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat ishlari bo‘yicha tashkiloti – YUNESCO tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4-maqsadi bo‘yicha dalillarga asoslangan siyosatini ishlab chiqish, rejalashtirish va monitoring qilish uchun taʼlim maʼlumotlari va statistikasi salohiyatini kuchaytirish” mavzusida Markaziy Osiyo submintaqaviy seminar-trening o‘tkazilishi belgilangan.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 467,9 ming tonna don (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 108,5 %), 256,6 ming tonna kartoshka (106,5 %), 613,2 ming tonna sabzavotlar – (106,4 %), 65,3 ming tonna poliz (114,1 %), 218,4 – ming tonna meva (111,5 %) va 95,1 ming tonna uzum (109,5 %) yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida, respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.