Qo`mita yangiliklari

  2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra mamlakatimizda jami 11015 ta sport zallari mavjud. 2020-yilda esa ushbu koʻrsatkich  10950 tani tashkil etgan.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Fargʻona viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Farg’ona viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (59,3 %), transfertlardan olingan daromadlar (34,9 %) hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (5,8 %) tashkil etadi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 342 039 tani tashkil etib, yil boshidan ularning soni 290 305 taga koʻpaydi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning 10- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 15 321,4 mlrd. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,1 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4,8 mln. dona keramik xom gʻishtlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 183,5 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 516 274 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 92 045 tani tashkil qildi (ulushi 18,0 %).

2022- yilning oktabr oyida limon narxlarining oʻrtacha darajasi 2021-yilning oktabridagi oʻrtacha darajadan 2,0 % ga past boʻldi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 5498,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 101,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida yuqori o‘sish surati kuzatilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 122,5 % ni tashkil qildi.

2021/2022- o‘quv yili boshiga ko‘ra, mamlakatimiz kasb-hunar maktablarida 9,9 ming nafar o‘qituvchilar bo‘lib, shundan 5,0 (50,5%) ming nafari ayol o‘qituvchilar, 4,9 (49,5 %) ming nafarni esa erkak o‘qituvchilar tashkil etgan.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Toshkent viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (73,3 %),  transfertlardan olingan daromadlar (17,6 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (9,1 %) tashkil etadi.

Joriy yilning 9- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yo‘ldoshev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun “O’zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari: shakllantirish tartibi va manbalari” mavzusida amaliy mahorat darsi o‘tkazdi.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganlik darajasi 73,3 % ni tashkil etmoqda.