Qo`mita yangiliklari

2022- yil 1- yanvar holatiga Respublikamizda aholini birinchi marta tashxis bilan qayd qilingan kasalliklarga chalinish turlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich nafas organlari kasalliklari hissasiga toʻgʻri kelib, xar 100 ming aholidan 13 ming nafarida ushbu kasallanish kuzatilmoqda.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, Toshkent Metropolitenida jami 94 418,3 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, o‘rtacha bir kunda metropoliten transporti xizmatidan 345,8 ming nafar yo‘lovchilar foydalangan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,3 % ga o‘sish kuzatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 12452,7 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-103,5 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3,9 mln. tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 106,9 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- oktabr holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 010 ta, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini (577 994 ta) tashkil etdi.

2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  savdo sohasida olingan sof foyda (zarar (-)) 6331,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Namangan viloyati Norin tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Hayrulla Hasanov ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,6 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo‘yicha qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yo'naltirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 15,5 trln. so'mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- yanvar holatiga ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni jami 6676 tani tashkil etdi.

2022- yilning 1- oktabr holatiga Navoiy viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (58,6 %), transfertlardan olingan daromadlar (35,2 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (6,2 %) tashkil etadi.

2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, avtomobillarni ijaraga berish va lizing xizmatlari bo‘yicha eng yuqori hajm Andijon shahrida qayd etilgan – 86 624,2 mln. so‘m.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,8 % ga yetdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 7358,5 mlrd.  soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan-102,3 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 443,8 mln. dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan.