Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida uy joyning turi boyicha yashovchi aholi ulushi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 950,2 ming tonna asfalt ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 116,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonga 104,4 ming tonna banan import qilingan.

Joriy yilning sentabr oyida 2021-yilning dekabridagi narxlarga nisbatan mevalar oʻrtacha 8,8 % ga, sabzavotlar esa 4,7 % ga arzonlashgan.

“Янги Ўзбекистон” gazetasining 2022- yil 28- oktabrdagi 221- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Multiindikator klaster kuzatuvlari dolzarb va shaffof maʼlumotlarni taqdim etadi” nomli maqolasi chop etildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 73,8 yoshni tashkil etdi.

Joriy yilning 27-oktabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida BMT Osiyo va Tinch okeani uchun ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi (ESKATO)ning ekspertlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 22 753,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021-yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  bajarilgan qurilish ishlari hajmi 58 870,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilnig yanvar-sentabr oylarida  bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 25,9 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,5 % punktga ko‘paydi.

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida viloyatdagi mahalliy va davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,  2021- yilning mos davriga nisbatan 110,7 % ni tashkil etdi.

Yoshlar ishlar agentligi bilan hamkorlikda “Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi” asosida Davlat statistika qo‘mitasining Yosh mutaxassislarni tanlashning namunaviy dasturi tasdiqlandi.

2022 - yil yanvar-sentabr oylarida Respublikadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 721,8 ming so‘mni tashkil etib, (2021 - yil mos davrida 2 978,9 ming so‘m bo‘lgan) 2021 - yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 124,9 % ni tashkil qildi.

2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz aholisini vrachlar bilan ta’minlanganlik darajasi 10 000 аhоliga nisbatan 27,1 nafar vrachni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1- oktabr holatiga doimiy aholi soni 35 821,0 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 549,7 ming kishiga yoki 1,6 % ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 18 234,7 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,9 %), qishloq aholisi soni 17 586,3 ming kishi (49,1 %)ni tashkil etdi.