Qo`mita yangiliklari

2020-yilda mamlakatimiz hududlaridagi hayvonot bogʻlarining hayvonot va oʻsimlik dunyosi nusxalari soni  jami 11576 tani tashkil etgan boʻlsa, 2022- yil 1-yanvar holatiga  bu koʻrsatkich 2867ga koʻpayib, 14443 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra Toshkent viloyatida bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi - 5,0%, ikki kishilik – 7,9%, uch kishilik – 12,0%, to‘rt kishilik -16,9%, besh kishilik - 18,4% hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 39,8%ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 28–30-sentabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Eurostat tomonidan Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi, BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi va GEOSTAT bilan hamkorlikda “Ma'lumotlar manbalari va statistik tizimlarda muvofiqlashtirish” mavzusidagi yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlari amalga oshirildi.

2022- yilning o‘tgan 8 oyi davomida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 65,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra Toshkent viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 14 538,7 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 % ga o‘sdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 971,9 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 706 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Qashqadaryo (9,7 %), Surxondaryo (8,6 %), Namangan (8,5 %), Andijon (8,4 %) va Navoiy (8,4 %) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent  shahrida (8,4 %) yuqori o‘sish kuzatildi.

2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 282,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga o‘sdi.

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Murodjon Xabibullayev ham tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

2022- yil yanvar-iyun oylarida respublikamizda jami 3 226,7 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 61 235 tani tashkil etgan.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 655 mln. AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022 yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi ta'lim tashkilotlarida jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

2022-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatga qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,5 mingta kondisioner eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Samarqand viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish sanoatida jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 30,2 % ni, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo faoliyatida - 12,6 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida– 9,0 %, ulgurji va chakana savdo -
8,6 %, qurilish – 2,5 % va boshqa faoliyat turlarida -37,1 % ni tashkil etdi.

Toshkent viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 45,1 % ni tashkil etdi,