Qo`mita yangiliklari

Navoiy viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 23,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 20382,1 ming kishini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 320,7 ming tonna karbamid ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,4 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 17626,5 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi  31,8%  ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida 7155,8 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 58,8 % i xorijiy investitsiya va kreditlari
hisobidan amalga oshirilgan.

Oʻsimlik yogʻlari narxlarining joriy yilning 8 oyi davomidagi oʻsish surʼati (10,8 %) 2021-yilning 8 oyidagi (28,9 %) koʻrsatkichdan salkam 3 barobarga past boʻldi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga qiymati 62,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,5 mln. tonna sement import qilingan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 484 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Joriy yilning 27- sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ikki avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, Davlat statistika qo‘mitasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 14,3 trln. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning yanvar- avgustga nisbatan o‘sish sur’ati 123,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 19,5 % ni, sanoat – 49,3 % ni, qurilish – 5,9 % ni va xizmatlar sohasi – 25,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 89,1 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 100,7 %), 561,6 ming tonna sut (100,9 %), 244,2 mln. dona tuxum – (89,3 %), yetishtirildi va 6 551 t. baliq (105,2 %) ovlandi.

2022- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra oilaviy korxonalar jami tadbirkorlik subyektlarining 11,4 foiz ulushini tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAHMdagi ulushi 49,7 % ni tashkil etdi

2022- yil yanvar- avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining   67,8 % i yoki 55361,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida jami 4,5 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Respublikamizda jami 9476 ta teatr spektakllari namoyish etilgan boʻlib,  shundan 719 (7,6 %) tasi bepul namoyish etilgan spektakllardir.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi – 0,8 %, ikki kishilik – 5,7 %, uch kishilik – 10,5 %, to‘rt kishilik -19,4 %, besh kishilik – 23,0 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 40,6 %ni tashkil etmoqda.