Qo`mita yangiliklari

2022- yilning avgustida kartoshka 2021- yilning dekabriga nisbatan oʻrtacha 13,7 % ga arzonlashgan.

 Samarqand viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 85,0 % ini tashkil etdi.

 2022-yilning yanvar-iyun oylarida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining ulushi – 42,7% ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 17,0 foizni yoki 12034,7 milliard so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida jami 4,5 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining ulushi – 57,3% ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12 315,9 ming m² gilam ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,4 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 63 542 ta bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

Avgust oyida piyoz oʻrtacha 10,0 % ga arzonlashdi.

Namangan viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 92,6 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida (9998,7 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatkichning 57,8 % i), Toshkent viloyatida (3736,2 mlrd. so‘m yoki 58,8 % i), Samarqand viloyatida (33433,5 mlrd. so‘m yoki 73,2% i) qayd etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida jami 12,2 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Joriy yilning avgust oyida 632,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022- yil 1- iyul holatiga Toshkent shahrining demografik koʻrsatkichlari.

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:

2022- yilning avgust oyida oʻtkazilgan kuzatuvlar natijalariga koʻra, baqlajon joriy yilning sakkiz oyi davomida narxlari eng yuqori darajada pasaygan (-63,1 %) mahsulot boʻldi.

2022- yilning 7 oyida Oʻzbekiston 41 ta xorijiy davlatlardan 24,2 ming tonna kakao va shokolad import qilgan.

2022- yilning avgust oyida narxlari kuzatib boriladigan mevalar 1 oyda oʻrtacha 2,2 % ga arzonlashdi, shu bilan birga, ushbu guruhda narxlar yil boshidan 7,2 % ga pasaygan.