Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 35,2 %i), Navoiy viloyati (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 19,7 % i) va Qashqadaryo viloyati (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 19,2% i)ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 90,1 %, yoki 23220,7 mlrd. so‘mni hamda 2021-yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ni tashkil etdi.

2021- yilda respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha mulkchilik shaklidagi shifoxonalar soni 1281 tani tashkil etgan, ushbu ko‘rsatkichni o‘tgan yilga nisbatan taqqoslaganda (2020- yil 1232 ta) 49 taga ortganini kuzatish mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 65,6 %ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar 31,7 %ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar 2,6 %ni tashkil etdi.

2022- yilning avgust oyida respublika boʻyicha 4 123 ta ajrim holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

Tadbirkorlik subyektlari iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. 

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 14,8 %ni tashkil etdi.

2022- yilning o‘tgan 7 oyi davomida Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi  89,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyunida YAIM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-iyunidagi narxlarga nisbatan 115,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 78,7 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 104,8 %), 348,9 ming tonna sut (102,2 %), 300,0 mln. dona tuxum – (106,8 %) yetishtirildi va 4 062 t. baliq (114,6 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 125,7 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- avgust holatiga yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirganda 76,2 foizni tashkil etdi.

 Jizzax viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 94,0 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 26,2 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.

Joriy yilning 28- avgustidan 8- sentabrigacha Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Malayziya Xalqaro Islom universiteti (International Islamic University Malaysia) o‘rtasida hamkorlikda “Islom bank ishi va moliyasi bo‘yicha” qisqa (Short-Course in Islamic Banking and Finance) o‘quv kursi tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 85,5 %, yoki 2918,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 51 ta xorijiy davlatlardan qiymati 70,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel va uning qismlarini import qilgan.

2022- yilning avgust oyida respublika boʻyicha jami 32 366 ta nikoh holatlari qayd etilgan.