Qo`mita yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 23,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 143,1 % ni va jamiga nisbatan 19,8 % ni tashkil etdi.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

2022- yil yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarish sanoati tarkibida metallurgiya sanoatida 4941,5 mlrd.so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda respublika boʻyicha 305 211 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, 1991-yil maʼlumotlari bilan solishtirilganda 34 941 taga koʻpaygan.

2022- yilning iyul oyida qovun bir oyda 22,8 % ga arzonlashdi. O‘z o‘rnida qovun o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 13,7 % ga arzonlashdi.

 2022- yilning yanvar-iyul oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 7 664,2 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,0 % ini tashkil etdi.

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekistonda 2022-yilning 1- avgust holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 501 768 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 498 214 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 53,8 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘ida 24 119,4 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 41,6 ming tonna baliq ovlandi.

2022- yilning 19- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan onlayn vebinar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar ro‘yxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 22 843,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 8,4 % ga o‘sdi.

Joriy yilning  iyul oyida uzum oy davomida 22,8 % ga, o‘tgan yilning oxiriga nisbatan esa 8,8 % ga arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 25,0 % ni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 90,7 % ni tashkil etdi.

Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.