Qo`mita yangiliklari

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud sigirlar soni 4 407,2 ming boshni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 371,8 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar hajmi 109 339,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘i yashirin iqtisodiyotida 8 053,4 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 612  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 22–24- sentabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan “Iqtisodiy statistikaning yangi tendensiyalari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari” bo‘yicha yuqori darajadagi statistika kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida O'zbekiston Respublikasida 156,7 trln so'm asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilgan.

Joriy yilning 26- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 109,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yil 24- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 16–20- sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va tinch okeani mintaqasi boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan tashkil etilgan isteʼmol narxlari statistikasi boʻyicha web-scrapingga bagʻishlangan mintaqaviy seminar natijalari yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 2 838,4 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 961,5 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari  hajmi 82 591,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 18,2 % ni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, 70 576 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.