Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 55 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, Toshkent metropolitenida jami 131,9 mln yoʻlovchi tashilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, 13 880 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.

“Biznes Daily Birja” gazetasining 2024-yil 30-iyuldagi 59-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlari asosida yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy holati raqamlarda aks ettirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 10,1 ming tonna olma sharbati ishlab chiqarilgan.

 
 2024- yil 30-iyuldan 5-avgust  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha sanoat sohasida – 7 842 tani tashkil etmoqda.

Joriy yilning 29-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boʻlimi xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan 2024-yilning yanvar–iyun holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 6 va undan koʻp kishili uy xoʻjaliklari 38,4 % ni tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,1 % i yoki 14 trln soʻmi aholi mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 9,9 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash sohasida 30 680,8 mlrd soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

2024-yilning II choragida Oʻzbekiston boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yoʻlovchilar soni 3 259 ming yoʻlovchini tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 70 374 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 16 545,9 ming kv m gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki ma‘’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 170 297,3 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 165 175,7 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 4 074,9 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 1 046,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 44,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.