Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, tashish va saqlash sohasining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,8 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 12,4 ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.

2024-yil yanvar-iyun oylari yakuniga koʻra, Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga qurilish sohasida jami 53 380 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

2024-yilning 18-iyul kuni Statistika agentligi xodimlari uchun “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun–mohiyatini yoritish yuzasidan tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 28 % ni tashkil etgan.

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 1 432 tani tashkil etmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida tiklanish va taraqqiyot  jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilgan 414,2 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 2,3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda tovar yoki xizmatlar haqida maʼlumot olish uchun internetdan foydalanayotgan 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 14,1 % ni tashkil etdi.

Xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini oshirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 5,6 trln soʻmni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 18,6 % ga oʻsgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 10,7 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-may oylari yakunlariga koʻra, meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 3 424,1 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga sanoat sohasida 111 968 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 42,2 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 19,5 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga borgan.

Joriy yilning 17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.