Qo`mita yangiliklari

2023-yilning 19- may kuni Statistika agentligida urbanizatsiya darajasini baholash metodologiyasini joriy etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

2023- yilning aprel oyida jami 903 ta yangi qurilish korxonasi tashkil etilib, ularning faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga nisbati 2,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylari maʼlumotllariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 285,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 133,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 1 917,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,4 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 21,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 257 dona avtobuslar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,0 % ga  oshgan.

2023- yilning 1- may holatiga respublikamizda jami 36 009 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 666 tasi joriy yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etildi.

Joriy yilning 19- may kuni Statistika agentligining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`limi boshlig‘i o‘rinbosari  Maruf Shodiyev va Protokol xizmati boshlig‘i Komila Maksumova 2023- yilning 9–12- may kunlari Jeneva (Shveysariya) shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan gender statistikasi bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Farg‘ona viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 91,7 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati boʻyicha 606,8 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yil yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida jami 1,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Surxondaryo viloyati boʻyicha jami doimiy aholi soni 2821,6 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-mart davri uchun, Navoiy viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 6,6 mln. so‘mni tashkil etdi, o‘tkan yilning mos davriga nisbatan real o‘sish sur’ati esa 104,5 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 258,5 ming tonna neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,3 % ga oshgan. 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 63,0 ming tonna neft ishlab chiqarildi.

2023-yilning yanvar-mart oylari davomida respublika boʻyicha sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 225,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Ushbu sohada koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining 52,9 % Toshkent shahrining hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 964,6 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM hajmi 12 419,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2022- yilning yanvar-mart oylari ma’lumotlariga nisbatan 3,6 % ga ko‘pdir.

Joriy yilning 1- may holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 489 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 170,5 foizni tashkil etdi. Ularning so‘nggi yillar kesimidagi o‘sishi quyidagicha:

Samarqand viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 80,9 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda: