Qo`mita yangiliklari

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 56,1 %,  transfertlardan olingan daromadlar 33,5 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 10,4 % tashkil etadi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar - mart oylarida Navoiy viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 2 090,4 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 5- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida tadbir tashkil etildi. Unda 2023- yil 24–27- aprel kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida BMTning 4- Butunjahon ma’lumotlar forumida ishtirok etib qaytgan agentlikning Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov so‘z yuritdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan bayram festivali oʻtkazildi. Bayram tadbirida Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, uzoq yillar statistika tizimida ishlagan faxriylar ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 131,1 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

Samarqand viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 57,8 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatida 1,2 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida jami 2,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 59,0 %,  transfertlardan olingan daromadlar 33,0 % hamda  shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 8,0 % tashkil etadi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpogiston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 14,3 % ni, sanoat – 26,7 % ni, qurilish – 7,9 % ni va xizmatlar sohasi – 51,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 161 dona liftlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 37,6 % ga oshgan.

2023- yil 1- aprel holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 650 358 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 73 453 taga oshdi.

Namangan viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 70,0 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida 3,8 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida jami 634,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilning yanvar - mart oylarida Andijon viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 3 260,8 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,3 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 69,8 %,  transfertlardan olingan daromadlar 21,0 % hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,2 % tashkil etadi.

Joriy yilning 3-may kuni Statistika agentligida o‘tkazilayotgan “Sport festivali” doirasida “Mini-Futbol” sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.