Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 72,0 trln. so‘m (dollar ekvivalentida 6,5 mlrd. AQSh doll.) yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 87,0 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 65,6 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Samarqand viloyatida 40,2 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p  kishilar istiqomat qilmoqda.

Respublikamizda 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subektlarining soni 14 958 tani tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 17 182,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,9 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2 230,6 tonna anor sharbati ishlab chiqarilgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 2 521,9 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

Jizzax viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 4051,8 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 94,9 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyati 2021- yilga nisbatan 267,8 %, Toshkent viloyati 2021- yilga nisbatan 210,4 %, Surxondaryo viloyati 2021- yilga nisbatan 164,0 % va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2021- yilga nisbatan 162,2 % ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida yangi qurilish hisobidan jami 500 ta qatnovga mo‘ljallangan poliklinika foydalanishga topshirilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 200,0 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 619,1 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari dam olish va hordiq chiqarish maqsadida uzoq xorijga safar qilgan.

Namangan viloyatida 39,7 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 8,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan  663,3 tonna atir import qilingan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, to‘qimachilik va mo‘ynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash bo‘yicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan – 194,2 mlrd. so‘m.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra Andijon viloyatining aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 11 304,3 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 7,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 352,1 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda 2022-yilning 1-dekabr holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 523 852 taga yetdi.

2022- yilning so'nggi oyida respublikada banan narxi o'rtacha 4,7 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, 2022- yilda banan 11,4 foizga oshdi.