Qo`mita yangiliklari

2021-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarda mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan olingan sof foydasi 22 567,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 6 856,7 mlrd. soʻmga koʻpaygan.

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 4,7 % punktga kamaydi va 23,5 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2022- yil yanvar-sentabr oylarida 8,2 trln. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 1,3 trln. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikamizda sport maktablari va seksiyalarida kurash bilan shugʻullanuvchilar jami soni 66 885 nafarni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning eng katta ulushi Jizzax (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 79,4 % ini tashkil etgan), Surxondaryo (76,8 %) va Buxoro (74,6 %) viloyatlarida kuzatildi.

Respublikamizda 2022 yilning 1- dekabr holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlar soni 36 465 nafar boʻldi.

Respublikaning beshta mintaqasida 2022 yil dekabr oyida parranda go'shti narxining pasayishi qayd etildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 28,6 % ni tashkil etdi.

Qashqadaryo viloyatida 39,0 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 15 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 589 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 86143,1 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2022-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani tashkil etgan.

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Qozogʻistondan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:

2022- yil yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 605,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida tashish va saqlash tarmog‘ining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 4,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 10,2 ming dona qishloq xoʻjalik mashinalari uchun shinalar ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1-dekabr holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 543 ta boʻlib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini (588 823 ta) tashkil etdi.