Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Samarqand viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 85,1 % ni, yoki 13 263,8   mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 164,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning noyabr oyida 555,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, ulardan chegarani aviatransport orqali oʻtganlar – 65,6 ming nafar. 

Doimiy aholi tarkibida mehnat yoshidan katta yoshdagi aholi ulushi 1991-yilning 1-yanvar holatiga 7,8 foizni tashkil  etgan boʻlsa, 2022-yilning 1-yanvariga kelib ushbu koʻrsatkich 11,1 foizni tashkil etgan yoki 3,3 foizga koʻpaygan.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan  tadbir tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Navoiy viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 70,1 %ni tashkil etadi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 702,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27 526 ta yengil avtomobil import qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 39,7 % ni, sanoat – 23,5 % ni, qurilish – 6,0 % ni va xizmatlar sohasi – 30,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 228,9 ming t. goʻsht (2021- yilning yanvar–sentabriga nisbatan 102,4 %), 897,5 ming tonna sut (101,6 %), 405,8 mln. dona tuxum – (116,8 %), yetishtirildi va 4 526 t. baliq (103,6 %) ovlandi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 13 312 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda 2022- yil 1-dekabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

2022-yilning noyabr oyida haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari bir oyda oʻrtacha 0,7 % ga oshgan. Yil boshidan esa oʻrtacha 18,5 % ga koʻtarilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, eng kam Sirdaryo viloyatida – 14 699 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 2,9 % ni tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 115 110,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 88,2 % ni, yoki 13915,3 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning noyabr oyida Qozogʻistondan 164660 nafar fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

1991-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibida mehnat yoshidagi aholi ulushi 49,1 foizni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 75,0 %ni tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va uning ayollar hayotidagi o‘rni yuzasidan  tadbir tashkil etildi.