Qo`mita yangiliklari

O‘zbekistonda 2022-yilning 1-dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 523 852 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 520 199 tani tashkil etgan.

        2022-yil 1-oktabr holatiga, Toshkent viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 925,6 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 102,4 %), shundan sigirlar – 420,1 ming boshni (102,1 %), qoʻy va echkilar – 1085,7 ming boshni (105,9 %), otlar – 54,8 ming boshni (101,7 %) hamda parrandalar – 15 592,2 ming boshni (100,4 %) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 955,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 13,3 % ni, sanoat – 70,3 % ni, qurilish – 3,8 % ni va xizmatlar sohasi – 12,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan ijara xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etildi – 1 488,8 mlrd. so‘m.

2022-yil 1-oktabr holatiga, Sirdaryo viloyatining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 471,4 ming boshni (2021- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,4 %), shundan sigirlar – 168,9 ming boshni (103,7 %), qoʻy va echkilar – 352,1 ming boshni (106,2 %), otlar – 15,8 ming boshni (108,5 %) hamda parrandalar – 3 903,7 ming boshni (181,8 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 20 853 dona “Nexia” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 80,7 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 65 456 dona “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 135,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra respublikamizda jami 364 117 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha shakllandi:

Oy davomida kafelarda tushlik qilish respublika boʻyicha oʻrtacha 2,1 % ga, oshxonalar xizmatlari 2,0 % ga, tezpishar taomlar tayyorlaydigan oshxonalarda taomlanish narxlari 1,2 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida yo‘lovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 96,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida jami 6 139,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,3 % ni tashkil etdi.

 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahrida bo‘yicha jami 9 460,3 mlrd. so‘m  asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Respublikaga 2022-yil noyabr oyida jami 555,5 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 17,6 %ni tashkil etdi.

2022- yil 16- dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Bahodir Abdusalomovich Begalov hamda "BMT – Ayollar" tuzilmasining Qirg'iz Respublikasidagi vakili Ulziysuren Jamsran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, shaxsiy xizmatlar hajmi 7 059,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashida  mahalliy va davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun “Statistika asoslari” boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.