Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 50,0 %ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- dekabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani, shundan qoʻshma korxonalar 6 401 ta va xorijiy korxonalar 9 096 tani tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga 70 tonna mango import qilingan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida YAHM hajmi 4,6 % ga o‘sdi va 18 747,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada otlarning umumiy bosh soni 264,0 ming boshga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 813,2 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabrida guruch va guruch oqshogʻi 1,7 % ga oshib, oʻtgan yilning oxiriga nisbatan 22,7 % ga qimmatlashdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan Xorazm viloyatida – 1 078 taga yoki 131,6 % ga ko‘p tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4 255,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 107,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 6 713,0 mlrd.so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Uy-joy umumiy maydonining o‘rtacha bir kishiga ta’minlanganlik darajasi 2020- yilga nisbatan 16 kv. m. dan to 18,2 kv. m. (2,2 kv. m.) gacha o‘sgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oʻqish maqsadida 5346 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 27,0 %ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 105,2 ming so‘mni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada qoʻy va echkilarning umumiy bosh soni 23 308,8 ming boshga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 169,7 ming tonna dinatriy karbonati ishlab chiqarilgan.