Qo`mita yangiliklari

 Joriy yilning avgust oyida shaxsiy foydalanish uchun asboblar, buyumlar va tovarlar narxlari oʻtgan oyga qaraganda 0,8 % ga oshgan.

Andijon viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 65,9 % ni tashkil etdi, o‘tgan tegishli davrda:

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Qashqadaryo viloyatida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 6,8 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,2 %
punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida jami 25,8 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida moliya (33,2 %), aloqa va axborotlashtirish (23,7 %), yashash va ovqatlanish (15,5 %) xizmatlarida yuqori o‘sish qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan pastroq o‘sish ta’lim sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (4,0 %).

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 32,8 ming tonna qoramol goʻshti import qilingan.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax vloyatida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 28,2 % ni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 1,4 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 959,2 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,1 %ini tashkil etdi.

2021- yil yakunlariga ko‘ra,  mamlakatimizda bitta o‘rta tibbiy xodimga o‘rtacha 95 nafar aholi to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 190,9 ming t. donli ekinlar (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 129,8 %), 60,0 ming tonna kartoshka (107,9 %), 67,9 ming tonna sabzavotlar – (102,6 %), 8,5 – ming tonna poliz (104,0 %), 33,9 – ming tonna meva (104,4 %) va 2,2 – ming tonna uzum (108,9 %) yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 35,7 % ni, sanoat – 25,2 % ni, qurilish – 6,2 % ni va xizmatlar sohasi – 32,9 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi - 2,7 %, ikki kishilik - 6,7 %, uch kishilik - 11,0 %, to‘rt kishilik -18,2 %, besh kishilik - 22,3 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari - 39,1 % ni tashkil etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 473,4 ming dona akkumulyator ishlab chiqarilgan boʻlib 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 119,1 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- sentabr holatiga qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

Joriy yilning avgust oyida erkaklar uchun sartaroshxonalar xizmatlari 1,7 % ga, ayollar sartaroshxonalari xizmatlari esa 1,5 % ga qimmatlashgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyunida  kichik tadbirkorlik (biznes)  subyektlarining YAIMdagi ulushi 50,5% ni tashkil etdi, o‘tgan tegishli davrda:

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini (571 332ta) tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi:

2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami 308,6 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan.