Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega boʻlgan asosiy turlar:

2022- yilning yanvar-iyul oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 27 567,3 mlrd. so‘m darajasida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 18,9%ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar 55,7%ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar 25,4%ni tashkil etdi.

Joriy yilning avgust oyida shaxsiy transport vositalari uchun propan 1,8 % ga, metan esa 1,6 % ga arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarin hajmining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kuzatildi.

2022-yilning yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 54,0 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 32,4 % ni, sanoat – 18,1 % ni, qurilish – 7,4 % ni va xizmatlar sohasi – 42,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 59,3 mln. juft paypoq ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 706 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 311 ta va xorijiy korxonalar 8 395 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022- yilning avgust oyida sabzi narxi bir oyda 0,3 % oshgan boʻlsa, 2021-yilning avgustiga nisbatan 34,6 % ga pasaygan.

Toshkent  shahrida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 66,6 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Jizzax viloyati (2021- yilga nisbatan 130,8 %), Navoiy viloyati (2021- yilga nisbatan 118,8%),                      Surxondaryo viloyati (2021- yiliga nisbatan 113,6%) va Toshkent sh. (2021- yiliga nisbatan 111,8%)ga to‘g‘ri keldi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4175,9 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 23,2 %ga o‘sdi. 

2021- yilda respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha mulkchilik shaklidagi shifoxonalar soni 1281 tani tashkil etgan, shundan xususiy mulkchilik shaklidagi shifoxonalar 637 tani tashkil etadi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Navoiy viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 78,4 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,6 %), 224,6 ming tonna sut (101,4 %), 184,0 mln. dona tuxum – (101,4 %), yetishtirildi va 4 208 t. baliq (101,0 %) ovlandi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida uy xo‘jaliklari a’zolari jismoniy mashqlar bilan bir kunda bir soatdan kam shug‘ullanuvchilar ulushi 49,0% ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 706 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 617 taga ko‘paygan.

2022- yil boshiga kelib O‘zbekiston Respublikasida kinoteatrlar soni 99 tani tashkil qilib, hududlar bo‘yicha kinonamoyishlar soni jami 9588 taga yetdi.