Qo`mita yangiliklari

2021- yil yanvar–noyabr oylarida Qashqadaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida eng yuqori telekommunikatsiya xizmatlari ulushi 95,3 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida 55,8 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-noyabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (131,6 %), Sirdaryo (127,2 %), Qashqadaryo (120,3 %), Xorazm (119,7 %) va Surxondaryo (119,4 %) viloyatlari, shuningdek, Toshkent  shahrida (123,6 %) qayd etildi.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida norasmiy sector tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 590,0 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 103,5 % ni va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 23,0 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida 13,2 mlrd. so‘m moliya va sug'urta faoliyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtiridi.

2020/2021– o‘quv  yilda mamlakatimizda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan jami talabalardan erkaklarning ulushi 54,5 %ni tashkil etdi.

2021- yilda respublika boʻyicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, Jizzax viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda ishlarni bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan oshganligi kuzatildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 127,4 mlrd. so‘m ta’lim faoliyati  bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 587 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 107,5 foizga oshgan.

Dekabr oyida tuxum narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3 % ga arzonlashgan.

2021- yilning dekabr oyida televizor narxlari 2021- yilning noyabr oyiga nisbatan ya'ni bir oyda o‘rtacha 0,3 % ga oshgan. 2021- yil davomida televizor narxlari o‘rtacha 11,2 % ga oshgan.

2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 289 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5 988 ta va xorijiy korxonalar 7 301 tani tashkil etmoqda.

2021- yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan “Nexia T-250” avtomobillari soni:

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan asosiy turlar:

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar–noyabr oylarida 847 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga, Farg‘ona viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 043,0 ming boshni (2020- yil 1- oktabr holatiga nisbatan 103,6 %), shundan sigirlar – 378,5 ming boshni (104,1 %), qo‘y va echkilar – 887,9 ming boshni (102,9 %), otlar – 9,4 ming boshni (103,8 %) hamda parrandalar – 8 893,6 ming boshni (107,0 %.) tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 5 849,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 95,0 % ni tashkil etdi, 2017- yilning mos davri bilan taqqoslaganda esa 52,1 % ga o‘sdi.

2020/2021- o‘quv  yilda mamlakatimizda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talaba ayollar soni 260,0 ming nafarni tashkil etdi.