Qo`mita yangiliklari
02/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning 2- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
02/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1 711,2 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 14,6 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,2 % i yoki 959,2 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.
02/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil 1- dekabr kuni Davlat statistika qo'mitasi markaziy apparati xodimlari hamda Isroil Markaziy statistika byurosi vakillari ishtirokida videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.
O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida 4156 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan ko‘mir ishlab chiqarish hajmi 1021,9 ming tonnaga oshgan yoki o‘sish sur'ati 132,6 foizni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-oktabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport (23,9 %), moliyaviy xizmatlar (21,4 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,0 %) bo‘yicha qayd etildi.
2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 254,4 ming boshga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,0 % ga teng.
02/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi 3,1 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,3 % ni, qurilish – 111,0 % ni, xizmatlar sohasi – 107,8 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 103,2 % ni tashkil etdi. Shuningdek, 2020- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi (95,0 %) kuzatildi.
02/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda
3,0 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.
Toshkent shahri aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 60,3 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (47,2 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (13,1 %) o‘z ichiga oladi.
02/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 46,2 % i to‘g‘ri kelib,2020- yilning yanvar-oktabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1,1 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 110,7 % ni tashkil etgan holda 1846,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
2021- yil yanvar-sentabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 49,7 % ni tashkil etdi. 2020- yil yanvar- sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 104,8 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 30 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida mol go‘shti narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,8 % ga arzonlashgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-oktabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport (23,9 %), moliyaviy xizmatlar (21,4 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,0 %) bo‘yicha qayd etildi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 480,8 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 4,4 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
01/12/2021 • Qo`mita yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 21,7 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 102,8 % ni tashkil etdi.
Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 57,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (17,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (40,1 %) o‘z ichiga oladi.
849-sahifa 1010 dan


