Qo`mita yangiliklari

 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 30 005,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan ushbu xizmatlar hajmi 16,5 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm  viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan edi.

 Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2017- yilga nisbatan 166,5 foizni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 23,9 ming tonna go‘sht import qilgan.

 2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining 587,2 ming kishini erkaklar, 548,4 ming kishini ayollar tashkil etdi.

  2021- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YAHM hajmi 7,0 % ga o‘sdi.

 2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda sigirlarning umumiy bosh soni 4 748,7 ming boshga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 103,8 % ga teng.

O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar - oktabr oylarida jami 773 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

 2021- yil yanvar-sentabr oylarida, avtomobil transporti yo‘lovchi aylanma-sining umumiy hajmida kichik tadbirkor-likning ulushi 95,2 % ni tashkil etib, 2020- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ni tashkil qildi.

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 229 380,0 mlrd. so‘mga yetdi.

 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 1 194,6 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,2 % ini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 425,7 % ni tashkil etdi) miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida sabzi narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 25 % ga arzonlashgan.

 2021- yil 1- noyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Savdo korxonalari yillar kesimida qaralganda quyidagicha taqsimlangan.

 Toshkent shahri aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Navoiy viloyatida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 27,8 % ni tashkil etdi yoki 1110,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 114,1 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston 2021- yilning yanvar - oktabr oylarida  46 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,3 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

2021- yil 2- dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Unda qo‘mita xodimlari, universitet oqituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha