Qo'mita yangiliklari

2019-yilning 10–13-dekabr kunlari Serbiya Respublikasining Belgrad shahrida “Mamlakatlarda rasmiy statistika uchun milliy sifatni ta'minlash tizimini joriy qilish” mavzusida seminar bo`lib o‘tdi. Mazkur seminar Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Navoiy viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida “Siz tadbirkor uchun nima qildingiz?” aksiyasi 

2019-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Open Data Day 2019”, “Open Data Challenge 2019” xakatoni (dasturchilar forumi) va “Ma'lumotlar jurnalistikasi, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish hamda dasturiy qayta ishlash” mavzusida     seminar trening, ochiq ma'lumotlar asosida eng yaxshi jurnalistik materiallarni tayyorlash bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

2019-yil 12-dekabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Mustafo Dinch boshchiligidagi Jahon banki guruhining texnik yordam missiyasi bilan navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

2019-yilning 10–11-dekabr kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida ijtimoiy so‘rov uslubiyati bo‘yicha seminar bo`lib o‘tdi. Mazkur seminar Yevrostat tamonidan tashkil etildi.

2019-yil 12-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Shu kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olish sohasida Belarus Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tajribasini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Davlat statistika qo`mitasida Ukrainaning Kiyev shahrida Elektron sog'liqni saqlash bo`yicha tashkil etilgan o'quv seminari natijalariga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Bu galgi tadbirda erkaklar va ayollar psixologiyasi, ularning oiladagi o‘rni, ota-onalarga munosabat haqida so‘z yuritildi.

Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Shu yilning 11-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida 4–6-dekabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahriga qilingan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

2019-yil 11-dekabr kuni “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasining “Grand Ball Room” konferensiyalar zalida Davlat statistika qo‘mitasi hamda Jahon banki ekspertlari guruhi ko‘magida “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” loyihasi bo‘yicha          seminar tashkil etildi.

Ma'lumot (narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo olinadi, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi)

2019-yil 10-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ga aloqador Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ko'rsatkichlari bo'yicha ishlaydigan vazirlik va idoralar mutaxassislarining bilimlarini oshirish bo'yicha qo'shma seminar o'tkazilmoqda.

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori investitsiya iqlimini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) qo‘shma loyihasi doirasida 2019-yil 26-noyabrdan 6-dekabrgacha Koreya Respublikasida "O‘zbekistonning yuqori boshqaruv kadrlarida yetakchilik salohiyatini oshirish" mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.

Joriy yilning 2–6-dekabr kunlari Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi o'rtasida 2018–2019-yillarga mo'ljallangan ikki yillik hamkorlik memarandumi” doirasida elektron sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislari uchun Ukrainaning Kiyev shahriga o'quv safari tashkil etildi.

Shu yil 9-dekabr kuni Farg‘ona shahridagi Tadbirkorlar markazida “Statistik axborotlarning dolzarbligi va ahamiyati, xo‘jalik subyektlari tomonidan taqdim etilayotgan davlat statistika hisobotlari ma'lumotlarining holati, hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va haqqoniy           taqdim etish” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.