Qo`mita yangiliklari

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 1 679,7 ming yoʻlovchini tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, 298 338 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 2 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 202 4 yilning yanvar mart holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 173,5 trln so‘mni tashkil etdi

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etdi,

2024-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8 116,8 ming so‘m),

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida, Statistika agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yangi tarkibda tuzildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 4,9 mln. boshni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 401,3 mingtani tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,4 birlikni tashkil qildi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, internetdan tibbiy maʻlumotlarni (jarohatlar, kasalliklar, ovqatlanish va boshqalar) qidirish uchun foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholining ulushi  17,1 % ni tashkil etdi.

2024-yil 1-aprel holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 695 877 tani tashkil etgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 166,4 ming tonna chaqiq tosh qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 43,5 % ga oshgan.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 45 367,9 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 42 994,0 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 995,2 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 378,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 16,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.