Qo`mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 816 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 14,1 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,1 % ga koʻpaydi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 62,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,4 % ga o‘sdi.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar oyida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 559 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

2024-yilning yanvar oyida sartaroshxona va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 637,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 33,3 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 4 162,5 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 117,2 % ni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 63,8 ming  nafarni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 528 tonna quruq shirin pecheni ishlab chiqarilgan.

2023-yilda respublikamizda 8,5 mlrd. dona tuxum yetishtirilgan. Tuxum yetishtirish hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,4 % ga oshgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, oʻrtacha almashuv kursi boʻyicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 90,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

Joriy yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limlari xodimlari uchun “Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asoslari”  mavzusida vebinar tashkil etildi.

Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ularning oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet va boshqalar xizmatlari) toʻgʻri kelgan. Ularning ulushi 61,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 3–6-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti UNIСEF hamkorligida tashkil etilgan bolalar statistikasi bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi, shu jumladan TransMoneEE yillik sessiyasi natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 187,9 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 160,3 mlrd. soʻmlik ishlar  bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 7,7 % ga oshdi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Оliy taʼlim tashkilotlarining magistratura yoʻnalishini 15 923 nafar talaba bitirgan.