Korruptsiyaga qarshi qurashish yangiliklari
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Konrad Adenaur nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi koʻmagida “E-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti” mavzusida ikki kunlik seminar-trening mashgʻulotlari o‘tkazildi.
Joriy yilning 19-21- iyul kunlari “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida, Adliya vazirligi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan trening tashkil etildi.
Joriy yilning 22- iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan qo‘mita xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
Qo‘mita tizimida Navoiy viloyati statistika boshqarmasida korxona, tashkilotlar va buxgalterlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish boʻyicha seminar oʻtkazildi.
Joriy yilning 30-31-may kunlari Toshkent shahridagi Courtyard by Marriott mexmonxonasining konfrensiyalar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Davlat statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan tadbir tashkil etildi.
Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilyapti.
Joriy yilning 9- dekabr kuni Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining yig‘ilishlar zalida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi islohotlar: natija va ustuvor yo‘nalishlar” mavzuvda xalqaro konfrensiya bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda yurtimizda 9- dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Aksilkorrupsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.
2021- yilning 24- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Xalqaro ochiq ma’lumotlar xartiyasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi ochiq ma'lumotlar” mavzusida onlayn-seminar tashkil etildi.
2-sahifa 2 dan


