Qo‘mita tizimida Navoiy viloyati statistika boshqarmasida korxona, tashkilotlar va buxgalterlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

antikorro_030622_ici1

antikorro_030622_ici2

Tadbirda Viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari J. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi koʻrashish  boʻlimi boshligʻi Z. Abduxamidov, Navoiy shahar Adliya boʻlim boshligʻi A.Xolmuminov hamda Oʻzbekiston nodavlat- notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Navoiy viloyati boʻlinmasi raisi K. Boboqulovalar  ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun mohiyati yuzisdan  malumotlar berib oʻtildi.

antikorro_030622_ici3

antikorro_030622_ici4

Shuningdek tadbirda Z. Abduxamidov Davlat statistika qoʻmitasi tizimida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, uning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrar ekanligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

antikorro_030622_ici5

antikorro_030622_ici6

Tadbir davomida korrupsiya holati va uning salbiy oqibatlari aks ettirilgan videorolik yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amaliy seminar o'tkazildi.

Seminarni Viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i U. Alimov ochib berdi va korrupsiya bo’yicha so’z yuritdi. Shundan so'ng, Davlat statistika qo’mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig’i Z. Abduhamidov so’zga chiqib, korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi to’g’risida ta’kidlab o’tildi.

antikorro_030622_ici8

Tadbir davomida, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kinematografiya agentliklari hamkorligi hamda tegishli tashkilotlar koʼmagida suratga olingan “Vijdon saratoni” filmi qo’yib berildi.

Tadbirda boshqarma, tumanlar va shahar statistika bo’lim boshliqlari va xodimlari ishtirok etib, o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Matbuot xizmati