Joriy yilning 22- iyul kuni Davlat statistika qoʻmitasi Yuridik boʻlimi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan qo‘mita xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

huquqiyt_1huquqiyt_2

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-  yil 18-  iyuldagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar  to‘g‘risida” PQ-323- son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 11- maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-240-son qarorlarining mazmun-mohiyati barcha yig‘ilish qatnashchilariga batafsil tushuntirildi.

huquqiyt_3huquqiyt_4

Hozirgi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Xususan, PQ-323-son qaroriga ko‘ra, xotin-qizlarning oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakti asosida o‘qishi uchun 2022–2023- o‘quv yilida 14 % lik  imtiyozli kreditlar ajratilishi, shuningdek, ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarilishi nazarda tutilgan.

huquqiyt_5

Yig‘ilish  qatnashchilari  tomonidan xotin-qizlarni oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakti asosida o‘qishi uchun davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar va kafolatlar borasida berilgan barcha savollarga Yuridik bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan atroflicha javoblar berildi.