Davlat statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda qo‘mita markaziy apparati xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid idoraviy hujjatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Zokir Abduxamidov korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday hujjatlarning qabul qilinayotgani borasida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida korrupsiyaviy omillar va manfaatlar to‘qnashuvi borasida fikr-mulohaza almashildi.
Aytish lozimki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv insitutlari orqali korrupsiyaga qarshi standartlardan kelib chiqib, tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida “ISO 37001:2016 – korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etuvchi tavsiyaviy hujjatlar to‘plami” ishlab chiqildi hamda davlat tashkilotlari va idoralarga taqdim etildi.
Matbuot xizmati