Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 63 325,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Qashqadaryo (10,2 %), Samarqand (9,6 %), Surxondaryo (9,2 %) va Navoiy (8,9 %) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent  shahrida (8,6 %) yuqori o‘sish kuzatildi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,6 % ga o‘sdi.

2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2022- yil yanvar-noyabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 84,8 % bilan ustunlik qildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 511,6 tonna vafli ishlab chiqarilgan.

✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan taqdim etiladigan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1-kb” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari  (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p ulushni dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar bo‘yicha xizmatlar – 39,6 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,3 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar nashr qilish bo‘yicha xizmatlar va boshqa noshirlik xizmatlari – 22,1 % ni egallaydi.

2021/2022-o‘quv yilida mamlakatimizda qozoq tilida ta’lim olib borilayotgan umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 53,6 ming nafani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2018/2019- o‘quv yiliga nisbatan 1,5 ming nafarga kamaygan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 858,3 ming dona avtomobillar uchun o‘rindiqlar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-noyabrda jami 4,8 mln. nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2022-yilning dekabr oyida respublika boʻyicha 3 992 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Kartoshka 2022-yilning dekabr oyida 2021-yilning dekabriga nisbatan 7,2 % ga arzon boʻldi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 15 801 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Farg‘ona viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9003,7 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,0 % ini tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan past hajmi Jizzax viloyati  147,9 mlrd. so‘m, Andijon viloyati  233,0 mlrd. so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 352,6 mlrd. so‘m, Xorazm viloyati 421,0 mlrd. so‘mni qayd etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,6 marta ko‘payib, 1,0 trln. soʻmni tashkil etdi.