Qo`mita yangiliklari

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda 206,7 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

 Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida kartoshka narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 7,8 % ga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida sabzining narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 8 % ga arzonlashgan.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020- yilga nisbatan 14,5 % ga ko‘p.

2021- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 3,4 trln. so‘mni tashkil etgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda  faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 475 349 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 96 278 tani tashkil qildi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga O‘zbekistonda faqatgina Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni bir milliondan kam. Viloyatning doimiy aholisi soni 873,8 ming kishiga yetgan.

2021- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida piyoz narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 16,1 % ga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida olmaning narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 5,2 % ga arzonlashgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda jami 55 074 ta oilaviy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 52 161 tasi faoliyat yuritmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,1 kishini tashkil etdi.

2021- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror osishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi.

2021- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) hajmi 16 640,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi

Joriy yilning 8- oktabr kuni Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo'lish jarayonida milliy kadrlar tayyorlash va xorijiy tajribani o'rganish hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan O'zbekistonning JST ga a'zo bo'lish jarayoniga ko'maklashish maqsadida "JSTga a'zo bo'lish shartlari va natijalari: Qirg'iziston Respublikasi, Ukraina, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston" mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,1 kishini tashkil etdi. 

2021- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 66,4 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.