Qo`mita yangiliklari

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan eng ko‘p sement import qilgan hududlar.

Hukumat farmoyishiga (455–F, 12.08.2021 y.) asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021- yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi. Shuningdek, 21- avgust umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilishi belgilandi.

Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 14- iyundagi 54- son buyrug‘i bilan 2022- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturidagi tegishli ishlarni amalga oshirish uchun

Bugungi kunda, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizni yana bir muhim xalqaro statistik tadbir – Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) “Xalqaro taqqoslash dasturi – 2021” (XTD-2021)da munosib qatnashishini ta'minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 57167,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 100,6 % ni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 2021- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 122 900,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 108,6 % ga oshdi.

Yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarilib, bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar o`z natijalarini bermoqda.

2021- yilning yanvar-iyul oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 21 564,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 1 981,8 mln. AQSH dollariga yoki 10,1 % ga koʻpaydi.

Xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi - milliy daromadlarning oshishini ta’minlovchi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta’minlashning hal qiluvchi omilidir.

2021- yil 20- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi yangi qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Joriy yilning 20- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda demografiya va mehnat statistikasini takomillashtirish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi.

2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) o‘tgan yilning mos davriga (440 522 ta) nisbatan 79 815 taga oshib, o‘sish sur’ati 118,1 foizni tashkil etdi.

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylarida jami faoliyat yuritayotgan Yog‘och va po‘kak buyumlar (mebeldan tashqari), poxol va to‘qish uchun materiallardan buyumlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 828,0 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 107,4 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga respublikamizda 83,5 mln. bosh parrandalar mavjud. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,9 %.

 2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YaHM hajmi 21 045,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2020- yilning yanvar-iyun ma’lumotlariga nisbatan 5,6 % ga ko‘pdir. 

2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 341,5 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 12 953,3 ming boshga yetdi.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida magistral temir yo‘l transporti orqali 35,2 mln. tonna yuk tashilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,5 % ni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida YaHM 14 158,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa 2020- yilning yanvar-iyun ma’lumotlariga nisbatan 6,8 % ga ko‘pdir.