Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (64,5 %), transfertlardan olingan daromadlar (25,8 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (9,7 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 135,9 mingta televizor eksport qilgan.

Joriy yilning 9 oyi natijalariga koʻra, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoʻlovchi tashish xizmatidan 6 757,2 ming kishi foydalangan.

2022- yilning yanvar-sentabrida YAIM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 113,9 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 3902,3 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,3 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Respublikamizda 2022- yil yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 79 833 ta bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlandi:

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida jami 6087,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 101,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O`zbekiston Respublikasida jalb qilingan moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy investitsiya va kreditlar alohida o‘ringa ega.

Joriy yilning yanvar-sentabr oyida 3194,7 ming nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ulardan:

2022- yilning 1- oktabr holatiga Sirdaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (57,5 %), transfertlardan olingan daromadlar (37,8 %) hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar va mol-mulkdan olingan daromadlar (4,7 %) tashkil etdi.

2022- yil yanvar-sentabr oylari natijalariga koʻra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan 3 009,9 ming yoʻlovchi tashilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 40,3 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 11806,8 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan-102,6 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Аndijon viloyati, Jalaquduq tumaniga Davlat statistika qoʻmitasidan respublika vakili etib biriktirilgan Sotvoldiyev Raximjon Xasanovich tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi turmush tarzini oshirish yoʻlida mehnat qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 36,5 ming tonna trikotaj yoki trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,8 % ni tashkil etdi.