Qo`mita yangiliklari

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami qurilish ishlari hajmining 61,0 % ini tashkil etib, 2021-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 5,2 % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklarining ulushi 79,1 %ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 5,1 % ga o‘sdi.

2022- yil 1- oktabr  holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 577 994 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39 528 taga oshib, o‘sish sur’ati 107,3 foizni tashkil etdi.

2021-.yil sentabr oyiga nisbatan (25,7 trln. so‘m), 2022- yil sentabr (diskret oy) uchun taqdim etilgan bozor xizmatlari hajmi (32,2 trln. so‘m) 6,5 trln. so‘mga oshdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 36 024,6 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7 701,4 mln. AQSH dollariga yoki 27,2 % ga koʻpaydi.

       Respublika bo‘yicha 2022- yil- ning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 214 086,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 110,8 % ga oshdi.

2022-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida Davlat statistika qoʻmitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi–UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Multiindikator klaster kuzatuvlarining dastlabki natijalari” mavzusiga bagʻishlangan taqdimot yig’ilishi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq joriy yilning avgust oyida uy-joylar roʻyxatini tuzish ishlarini amalga oshirildi.

2021- yil yakunlari bo‘yicha jami  121 746 ta erkaklar rahbarlik qilayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 27 966,0 mlrd. so‘m sof foyda olingan bo‘lsa, 16 359 ta ayollar rahbarligidagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 312,9 mlrd. so‘m sof foyda olingan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida 4064,0 mlrd.so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, ularning 73,2 i bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha, 17,6 % i fuqarolik obyektlari qurilishi bo‘yicha va 9,2 % i ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bo‘yicha bajarildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 1776  o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirilgan bo`lib, ularning yarmidan ortig‘i, aniqrog‘i 51,6 % i rekonstruksiya natijasida ishga tushirilib, qolgan 48,4 % i yangitdan qurildi.

2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 72,8 %ni tashkil etadi.

2022- yilning  yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,3 ming tonna qalampir eksport qilgan.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 11774,5 mlrd.  soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan -103,4 % oʻsish surʼatiga erishdi.

Respublikaga 2022- yil sentabr oyida jami 631,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 283,8 ming nafari (55,0 %) ayollar, 347,4 ming nafari (45,0 %) erkaklar.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 3 701,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021- yil yanvar-avgustga nisbatan o‘sish sur’ati 168,7 % darajasida qayd etildi.