Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida yosh toifasida nikoh qurganlar soni:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi - 2,1 %, ikki kishilik – 5,0 %, uch kishilik - 8,8 %, to‘rt kishilik -19,3 %, besh kishilik - 20,8 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 44,0 %ni tashkil etmoqda.

“Statistika” integrallashgan portali ishlab chiqildi va sinov rejimida ishga tushirildi.

2022-yilning yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (38,2 %), Toshkent (7,3 %), Samarqand (6,4 %) va Farg‘ona (6,3 %) viloyatlari kabi hududlarga  to‘g‘ri keldi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 35,9 % ni, sanoat – 18,8 % ni, qurilish – 7,0 % ni va xizmatlar sohasi – 38,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 89,6 ming t. go‘sht (2021-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 101,4 %), 435,0 ming tonna sut (102,2 %), 274,5 mln. dona tuxum – (117,1 %) yetishtirildi va 1 406 t. baliq (112,6 %) ovlandi.

Mamlakatimizda 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini (571 332) tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi tizimidan ham 19 nafar respublika vakillari tuman va shaharlardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari bilan birgalikda faoliyat yuritmoqda.

Jizzax viloyatida 2022- yilning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining YAHMdagi ulushi 75,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida eng ko‘p qurilish ishlari Toshkent shahrida bajarilib, 20010,7 mlrd.so‘mni yoki respublika bo‘yicha hajmning 24,5 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Jizzax viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 1009,6 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalar ulushining 22,7 % ni, ishlab chiqarish sanoatida – 1221,3 mlrd. so‘m (27,4 %), qurilish – 109,4 mlrd. so‘m (5,5 %), ulgurji va chakana savdo 6,3 mlrd. so‘m (0,1 %), turar joy binolari qurilishiga - 342,7 mlrd. so‘m (7,7 %) va boshqa faoliyat turlariga 1763,1 mlrd. so‘m (39,6 %) ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi Kasaba uyushmasi tomonidan joriy yilning 25- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mita xodimlari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

2022- yilning 22–23- sentabr kunlari Moskva shahrida “Katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va rasmiy statistika: Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqidagi muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami 308,6 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan.

2022- yilning 1- iyul holatiga Oʻzbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 20 382,1 ming kishini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra bir kishilik uy xo‘jaliklari ulushi - 2,5 %, ikki kishilik – 9,2 %, uch kishilik - 14,9 %, to‘rt kishilik -19,7 %, besh kishilik - 20,4 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 33,3 %ni tashkil etmoqda.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 8 492,5 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,8 % ini tashkil etdi.

         2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 42,0 % ni, sanoat – 15,9 % ni, qurilish – 7,2 % ni va xizmatlar sohasi – 34,9 % ni tashkil etdi.