Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze bilan uchrashuv tashkil etildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xalqaro yoʻnalishda jami 15 192 dona aviaparvozlar amalga oshirilgan boʻlib, 1 kunda oʻrtacha 41 ta aviaparvozlar amalga oshirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 420,7 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2853,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, aynan shu sohadagi xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 18,5 % ga yetdi.    

2022- yil yanvar–dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 10,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022-yilning yanvar–dekabr oylarida Toshkent viloyatida jami 12,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 107,7 % ni tashkil etdi.

2023- yil 1- fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 110 061 tani tashkil etib, 2023- yil 1- fevralga nisbatan   8818 taga oshgan (o‘sish sur’ati 108,7 %).

2023- yil yanvar oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 5,0 mlrd. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 1,5 mlrd. AQSH dollariga yoki 42,0 % ga ko‘paydi.

2023- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 572,0 ming birlikni tashkil etdi.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Buxoro viloyatidagi maktablar soni 577 tani tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar oyida respublika korxonalari tomonidan 33,6 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 90,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 20- fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Bolalar jamg'armasi vakolatxonasi (UNICEF) rahbari bilan kelgusida hamkorlikni muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 983,5 ming tonna meva yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 6–17- fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan “Moliyaviy dasturlash va siyosat” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

2022- yilning yanvar- dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida jami 8,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 112,7 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida jami 269,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga Andijon viloyatidagi maktablar soni 806 tani tashkil etgan.

2022-yil yanvar-dekabr oylarida havo transportida 4 158,5 ming kishi joʻnatilib, 2021-yilning mos davridagi koʻrsatkichga nisbatan 1,4 baravarga oshgan, yoʻlovchi aylanmasi esa 2,1 baravarga koʻpayib, 10 903,4 mln. yoʻlovchi-km.ni tashkil etdi.