Qo`mita yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2568,2 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 88,9 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 269,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7 837,9 mln. AQSH dollariga yoki 18,6 % ga koʻpaydi.

Joriy yilning 25- yanvar kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2022- yil yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay’at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti  rahbariyati, qo‘mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida eng ko‘p qurilish ishlari Toshkent shahrida bajarilib, 31908,3 mlrd. so‘mni yoki respublika bo‘yicha hajmning 24,4 % ini tashkil etdi.

Joriy yil 24- yanvar kuni Statistika agentligida BMT va ESKATO boshchiligidagi Tojikiston va Mo‘g‘iliston delegatsiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasida Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot uchrashuvi tashkil etildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021- yildagi ulushiga nibatan 3,8 % punktga kamayib, 15,4 % ni yoki 41,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 6 444,6 ming tonna qurilish yuklari joʻnatilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 5 836,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 219,4 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 768,7 ming tonna – sut, 927,8 mln. dona – tuxum ishlab chiqarildi.

2023- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.

Samarqand viloyatida  2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7788,9 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 99,0 % ini tashkil qildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 130,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 269,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr davrida jami 5163,2 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023- yil 1-yanvar holatiga mamlakatdagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2023- yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etgan. Quyida aholi eng kam istiqomat qiladigan 10 ta shaharlar haqida maʼlumot keltirilgan.