Qo`mita yangiliklari

Joriy yilning iyun oyida uzum oʻtgan oyga nisbatan 5,9 % ga arzonlashdi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning hududlar kesimida eng ko‘p ulushi Xorazm viloyatida 59,9 % ni, Namangan viloyatida 58,8 % ni, Farg‘ona viloyatida   54,3 % ni va Toshkent shahrida 54,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- iyul holatiga respublikamizda 14 353 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 539 taga oshgan.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Respublikamizning koʻchalari 562,7 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritiladi. Oʻtgan yilga nisbatan ularning soni 40,6 ming dona (7,8 %)ga koʻpaygan.

2022- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 353 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 539 taga ko‘paygan.

2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jami 2 931 dona chiqindi tashuvchi (maxsustrans) avtomobillar mamlakatimiz tozaligini taʼminlashda xizmat qilmoqda. Oʻtgan yilga nisbatan ular soni 136 dona (18,5 %)ga oshgan.

2022-yilning iyun oyida may oyiga nisbatan baqlajon (- 44,7 %) boshqa meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan yuqoriroq darajada arzonlashdi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi sanoatda 51,2 % ni, xizmatlar sohasida 50,7 % ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 50,2 % ni, savdoda 49,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning iyun oyida olma 5,8 % ga arzonlashdi.

2022-  yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan  korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45,9 % ni, savdoda 45,6 % ni, qurilishda 45,1 % ni, sanoatda 43,4 % ni tashkil etdi.

2021/2022 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalari soni 10289 tani tashkil etgan. Umumta’lim muassasalari soni 1991/1992 o‘quv yili boshiga nisbatan 1732 taga oshgan.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO)ning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi ko'magida 13–15-iyul kunlari Davlat statistika qo'mitasida statistika bo'yicha ekspert Georgi Kvinikadzening sinov tariqasida qishloq xo'jaligi sohasida ro'yxatga olish bo’yicha missiyasi tashkil etildi.

Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida mazkur bo‘lim xodimlari tomonidan aholi yashash punktlarida xaritalarni oʻrganish ishlari davom etmoqda.

2021- yilda faoliyat ko‘rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori savdo sohasida 14147 ta (yoki jamiga nisbatan 4,4 %), xizmat ko‘rsatish sohasida 10057 ta (3,1%), sanoat sohasida 5543(1,7%) tani tashkil etdi.

2021-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida hududlarni obodonlashtirish boʻyicha jami 5 091 dona mexanizatsiya (maxsus texnika) vositalaridan foydalaniladi. Oʻtgan yilga nisbatan ularning soni 311 dona (6,5 %)ga koʻpaygan.