Qo`mita yangiliklari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

So‘nggi uch yil ichida milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur'ati 169,7 foizni tashkil etdi. 1- avgust holatiga sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar–iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 779 ta mebel ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1 062,7 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 101,0 % ni tashkil etdi.

 2020- yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmining 2015- yilga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyatida kuzatilib, u 2,6 marta o‘sishni tashkil etdi. 

2021-yilning yanvar-iyul oyilarida respublika bo‘yicha aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 20,3 foizga ko‘tarildi. 

2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni 2020- yilning mos davriga nisbatan 85,0 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 4 595,8 ming boshga yetdi.

Joriy yilning 10–25- avgust kunlari 127 ta vazirlik va idoralarning 232 nafar xodimi uchun  “Ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish” bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Xiva shahar aholini ro‘yxatga olish bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan tadbir tashkil etildi.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021- yil 1- yanvar  holatiga ko‘ra mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga ajratilgan xarajatlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,14% ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar 6,7 mln. so‘mni tashkil etdi.

  2021- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida YaHM hajmi 26 490,6 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 5,3 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 barobarga oshgan.

2021- yilning yanvar-iyul oylarida jami  ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida transport xizmatlarining ulushi yuqori bo‘lib qolmoqda (23,9 %). 

 “Янги Ўзбекистон” gazetasining 2021- yil 24- avgustdagi 170- sonida Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning “Rasmiy statistika – islohotlar inikosi” global tadbiridagi ishtirokini rasman boshladi” nomli maqolasi chop etildi.

Joriy yilning 24- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xavfsizligi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda hududiy boshqarmalar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

2021- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 2020- yilning mos davriga nisbatan 40,3 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 4 629,3 ming boshga yetdi.

 2020- yilda Ozbekiston Respublikasida 88,1 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2015- yilga nisbatan 174,8 % ni tashkil etdi.